27 Mart 2024 Yil 2514

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 27 mart kuni taxminan soat 16.00 larda Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 3-berk ko‘chasida bir nechta fuqarolar 1980 y.t. M.R., 1985 y.t. T.R., 1988 y.t. J.R., 1996 y.t. D.M. va boshqalar 1986 yilda tug‘ilgan E.A. va 1993 yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan. Janjal natijasida E.A. va X.A.lar tan jarohati olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.



Barcha yangiliklar

Text to speech