31 Oktyabr 2024 Yil 944

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur videotasvir Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilganda, quyidagilar maʼlum bo‘lgan.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni taxminan soat 18.20 larda Matiz va Spark rusumli avtomashina haydovchilari - 1998 yilda tug‘ilgan M.J. va 1997 yilda tug‘ilgan U.S.lar Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida harakatlangan vaqtida yo‘l talashgan. So‘ng haydovchilar avtomashinasidan tushib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yo‘lning qatnov qismida jamoat tartibini buzib o‘zaro urishishgan.

Haydovchilar bu holat yuzasidan muqaddam IIOga murojaat qilmagan.

Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlanayotganingizda nafaqat o‘zingiz, balki yo‘lovchilar va piyodalarning hayoti uchun ham masʼul ekanligingizni unutmang. Yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya eting! 


Barcha yangiliklar

Text to speech