27 Yanvar 2024 Yil 1933

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning IIO xodimlarining harakatidan noroziligi aks etgan video tarqalmoqda, mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 26 yanvar kuni taxminan soat 03.00 larda Yunusobod tumanidagi “Uch qahramon” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX va PPX xodimlari tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan O.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Haydovchi o‘zini shubhali tutganligi sababli avtomashina tekshirilgan hamda saloni ichidan yelim idishda giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlangan. Haydovchi ushbu modda nima ekanligiga aniq javob bera olmaganligi sababli xodimlar tuman IIO FMBdan mutaxassislarni chaqirtirishgan. O‘rganish jarayonida ushbu modda oddiy ko‘chat urug‘i ekanligi aniqlangan, haydovchining harakatida qonun buzilishi holatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilmagan.

Hozirda xodimlarning harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech