25 Iyun 2024 Yil 3203

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 24 iyun kuni taxminan soat 23.50 larda Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi metrosi oldida fuqarolar 2002 y.t. A.U. va uning tanishlari 2002 y.t. X.O., 2002 y.t. M.A., 2004 y.t. S.t. va boshqalar o‘zaro kelishmovchilik sababli og‘zaki tortishib qolishgan. So‘ng A.U.ni o‘zligiga tegishli davlat raqami 10 Z ___ DA bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasiga o‘tkazayotgan vaqtida, IIO PPX xodimlari kelayotganligini ko‘rib ushbu fuqarolar qochib ketishgan.

Hech kim tan jarohati olmaganligi va pichoq bilan tahdid qilinmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech