21 Yanvar 2026 Yil 4519

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs o‘zga xonadon eshigini sababsiz taqillatib, fuqarolarning tinchligini buzganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 20 yanvar kuni taxminan soat 00.15 larda Yunusobod tumani, 11-mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida, 1995 yilda tug‘ilgan, mast holatda bo‘lgan T.I. shu uyda yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan S.I. ning xonadon eshigini tortib, qo‘ng‘iroqni bir necha marotaba chalgan holda fuqarolarning tinchligini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech