18 Yanvar 2024 Yil 2129

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish shahobchasida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 17 yanvar kuni taxminan soat 18.50 larda 1989 yilda tug‘ilgan Ya.Aziz Shayxontohur tumanidagi “Paynet” shahobchasiga kirib 2005 yilda tug‘ilgan t.Kamrondan plastik kartasiga 7.000.000 so‘m tushirishni so‘ragan. Biroq bergan naqd ko‘rinishdagi pulida bu miqdor kam chiqqan. Shuningdek, Ya.Aziz 2023 yilning 25 dekabr kuni aynan shu shahobchada plastik kartasiga 10.000.000 so‘m tushirtirgan, biroq bergan naqd pulida 3.000.000 so‘m kam chiqqan, lekin Aziz qolgan pulni to‘lamasdan chiqib ketgan.   Kamron Azizdan shu 3.000.000 so‘m pulni qaytarib berishini talab qilganida ular o‘rtasida og‘zaki nizo chiqqan. Ushbu nizoga Azizning tanishlari 2004 yilda tug‘ilgan M.Sug‘diyona va 2005 yilda tug‘ilgan N.Maftuna aralashib o‘zaro janjallashishgan. Buning natijasida hech kim jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.


Barcha yangiliklar

Text to speech