Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki ommaviy janjal bo‘layotganligi haqidagi xabar tarqalib, aholi orasida turli asossiz muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aniqlanishicha, joriy yilning 14 avgust kuni taxminan soat 22.35 larda Yangihayot tumani Yangi Choshtepa mahallasida 4 nafar fuqarolar: 2001 y.t. R.B., 2006 y.t. A.F., 2006 y.t. T.A., 2006 y.t. M.A.lar shu hududda joylashgan do‘konlardan birida spirtli ichimlik xarid qilib, pulini to‘lamasdan ketishga harakat qilgan. Shu vaqtda do‘kon egasi 1995 y.t. Ch.Anvar tomonidan ular to‘xtatilib, xarid uchun to‘lovni amalga oshirishni so‘ragan. Biroq yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar jamoat joyida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan baqir-chaqir qilib, fuqarolar tinchligini buzishgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan IIO xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzgan fuqarolar ushlangan va yaqin oradagi IIBga olib borilgan. Janjal natijasida jarohat olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan R.B., A.F., T.A., M.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.