10 Avgust 2025 Yil 1135

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs avtoturargohda turgan avtomashinani ustiga sakrab, uni haydab ketganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 9 avgust kuni soat taxminan 08:00 larda Bektemir tumanidagi savdo majmualarining birida, 1991 yilda tug‘ilgan B.K. mast holatda, tanishi 1996 yilda tug‘ilgan N.B. ga tegishli “Vaz-2108” rusumli avtomashinani ustiga avtoturargoh devoridan sakrab tom qismiga shikast yetkazgan. Shundan so‘ng, u tanishining avtomashinasini avtoturargoh hududida boshqargan. Aniqlanishicha, fuqaro B.K. mast holatda bo‘lganligi sababli savdo majmuasiga kiritilmagan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro B.K. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 200-moddasi (“O‘zboshimchalik”), 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech