8 Fevral 2025 Yil 2597

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs voyaga yetmagan bolaga nisbatan tegajog‘lik qilganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Videoda aks etgan holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 4 fevral kuni taxminan soat 21.00 larda 1988 yilda tug‘ilgan X.G‘., Chilonzor tumani hududida harakatlanayotgan avtobus salonida, voyaga yetmagan 2012 yilda tug‘ilgan U.I. ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: