Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 3 iyul kuni taxminan soat 23.00 larda Sergeli tumani Qo‘yliq-5 dahasida o‘zaro tanish bo‘lgan bir nechta fuqarolar K.F., B.A., T.J., F.R., I.U.lar og‘zaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketishgan.
Janjal natijasida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki og‘ir jarohat olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor shaxslar ushlangan. Tergov davom etmoqda.