6 Noyabr 2023 Yil 1129

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida go‘yoki ommaviy pichoqbozlik bo‘lganligi haqidagi xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur xabar haqiqatdan yiroq bo‘lib, Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlangan.


Joriy yilning 5 noyabr kuni taxminan soat 20.00 larda 1988 yilda tug‘ilgan X.Q. va 1993 yilda tug‘ilgan A.N. o‘rtasida qarz masalasida o‘zaro kelishmovchilik bo‘lganligi sababli Chilonzor tumani D20-mavzesida gaplashib olish uchun uchrashishgan. Orada nizo kelib chiqqanligi sababli X.Q. tomonidan A.N.ga o‘tkir tig‘li jism bilan bir marotaba jarohat yetkazilgan, natijada A.N. “Ko‘krak qafasi chap tomonlama kesilgan sanchilgan” jarohati bilan tez-tibbiy yordam muassasasiga olib borilgan.


Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamdan so‘ng A.N. shu kunning o‘zida hech kimga daʼvosi yo‘qligini maʼlum qilib, shifoxonadan chiqib ketgan.


Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech