TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Yoshlar urtasida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni giyohvandlik va boshqa salbiy illatlardan asrash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan mahalla yoshlari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqa Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘ining ochiq kubogi uchun o‘tkazilib, unda tuman hududidagi mahallalardan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etdilar. Sport tadbiri yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, eng muhimi, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratildi. Musobaqaning ochilish marosimida so‘z olgan masʼullar yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirib, sport insonni irodali, chidamli va maqsadga intiluvchan qilib tarbiyalashini taʼkidladilar. Shuningdek, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berilib, har bir yosh o‘z kelajagi uchun masʼul ekani eslatib o‘tildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar g‘alaba uchun astoydil harakat qildilar. Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalarga kubok, diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Barcha ishtirokchilarga faolligi uchun minnatdorchilik bildirildi. Bunday sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularni jismonan va maʼnan barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi, yoshlarning ertangi kuniga ishonch bilan qarashiga xizmat qiladi.

19 Fevral 2026 Yil

498

Yoshlarni asr vabosidan asraylik

Yurtimizda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish milliy strategiyamizning ustuvor vazifalaridan biridir. Shuningdek, bu illatga qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish orqali, aholi, birinchi navbatda yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ham muhim. Bu boradagi ishlarni jadallashtirish yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida, poytaxt hududida joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish”ga qaratilgan kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi amalga oshirilmoqda. Oylik doirasida Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti talaba yoshlari ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi. O‘quv dargohi maʼmuriyati, talabalar oldida so‘zga chiqqan tuman IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Mahkam Vafoyev giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, kelajagi hamda jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan jiddiy zararlari haqida atroflicha to‘xtaldi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik jinoyatlarining oldini olish, ularni turli yot g‘oya va illatlar taʼsiridan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi. Yig‘ilganlar eʼtiboriga giyohvandlikning ayanchli oqibatlari, inson taqdiri, oila muhiti, farzandlar tarbiyasiga yetkazadigan zararli taʼsiri hayotiy misollar orqali yoritilgan videorolik namoyish etildi. Videolavha talabalarda katta taʼsurot qoldirdi. Uchrashuv so‘ngida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni zararli odatlardan asrash hamda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

19 Fevral 2026 Yil

271

Interaktiv xizmatlar

Text to speech