12 Fevral 2026 Yil 55

RASMIY AXBOROT

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Demokrat.uz” internet nashri rahbari Mehmonov Fazlidinxon Asatilloxon o‘g‘li va blogerlik faoliyatini yurituvchi G‘oipnazarov Aziz Abdulla o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, 2025 yilning 15 dekabr kuni Gumonlanuvchi G‘oipnazarov, Sergeli tumanida joylashgan avtosalonlardan birini faoliyatini obro‘sizlantiruvchi videomaterial tayyorlab, internet tarmog‘ida joylashtirgan. Shundan so‘ng “Demokrat.uz” internet nashri rahbari Mehmonov, G‘oipnazarovlar tomonidan tayyorlangan videolavhani ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirish hamda ushbu nashr tomonidan tayyorlangan, tadbirkorni obro‘sizlantiruvchi alohida videolavhani OAVda joylamaslik evaziga, tovlamachilik yo‘li bilan jabrlanuvchidan jami 50.000 AQSH dollari talab qilgan.

Mehmonov jabrlanuvchidan, joriy yilning 29 yanvar kuni 3 ming AQSH dollarini olib, so‘ng, joriy yilning 10 fevral kuni 17.000 AQSH dollarni olayotgan vaqtida, jinoyat ustida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hurmatli fuqarolar,

agar siz mazkur shaxslarning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, eng yaqin Ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

 

Barcha yangiliklar

Text to speech