14 Sentyabr 2025 Yil 738

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ko‘plab fuqarolar Markaz-5 dahasidagi do‘kon oldida to‘planganligi aks etgan video tarqalib ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 14-sentabr kuni Yunusobod tumani Markaz-5 dahasida joylashgan do‘konlardan birida ozuqaviy qo‘shimchalar (sport bilan shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan vitaminlar, minerallar va boshqa mahsulotlar) tekinga tarqatilishi haqida mazkur do‘konning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon berilgan. Shu e’lon asosida ko‘plab fuqarolar do‘kon oldida to‘plangan. Biroq do‘kon egalari tomonidan bu kabi ommaviy tadbirni o‘tkazish haqida tegishli tashkilotlardan ruxsat olinmagan.
Hodisa joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan vaziyat nazoratga olingan va fuqarolar tarqatilgan, hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan do‘kon egalarining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’milanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech