Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar boshqa fuqarolarga kuch ishlatayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, videoda aks etgan holat Yunusobod tumanidagi "Giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarni davolash"ga ixtisoslashgan xususiy klinikada 2025 yilning yanvar oyida ro‘y berganligi aniqlangan. Videoda, klinikaga davolanish uchun keltirilgan bemorlarning agressiv harakatlari va bemorlarni tinchlashtirishga uringan xodimlarning harakatlari aks etgan holat tasvirlangan. Muhokamalarga sabab bo‘layotgan “ko‘cha bezorilari” kabi vajlar xaqiqatdan yiroq. Ushbu holat yuzasidan fuqarolar va ularning yaqinlari tomonidan ilgari IIOga ariza bilan murojaat qilinmagan.
Hozirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Jarayon Ichki ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olingan.