13 Yanvar 2025 Yil 489

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 13 yanvar kuni Shayxontohur tumanida joylashgan bog‘larning birida, 1997-yilda tug‘ilgan SH.J. 2005-yilda tug‘ilgan S.S. bilan jamoat joyida janjal chiqargan. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holat SH.J. va uning tanishi S.S. tomonidan o‘zaro sahnalashtirilganligi va ijtimoiy tarmoqda joylashtirish uchun videoga olinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan xujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech