17 Fevral 2026 Yil 221

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol o‘z farzandi hayotini xavfga solayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” mahallasi hududida, 2001 yilda tug‘ilgan N.K. Voyaga yetmagan farzandini yettinchi qavatdagi uyining derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda ushbu videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Hozirda N.K. ning ruhiy holatini tekshirish maqsadida, ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Shuningdek, uning Voyaga yetmagan farzandiga zarar yetmaganligi hamda u yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilganligini ma’lum qilamiz.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech