22 Iyun 2024 Yil 2150

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 20 iyun tungi soat 00.30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida 1998 y.t. Sh.B., 2001 yilda tug‘ilgan A.K., 1991 y.t. O‘.Z., 2002 y.t. F.A. o‘zining tanishi 1992 yilda tug‘ilgan J.R. bilan o‘zaro janjallashib ketishgan va J.R.ni qo‘l bilan urib tan jarohati yetkazishgan. Jabrlanuvchi "Bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq to‘qimalari lat yeyishi" jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Holatni yashirish maqsadida J.R. tibbiyot xodimlariga o‘zi yiqilib tushganini bildirib, IIOga murojaat qilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar Sh.B. va A.K. prosessual tartibda ushlangan. Qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan to‘pponcha ko‘rinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergov davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech