Prezident qarori ijrosi va voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
Yashnobod tuman hokimi B. Raxmankulov boshchiligida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 martdagi PQ-110-son qarori ijrosi va voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tuman prokurori Z. Ziyadullayev, tuman IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik O. Qayimxo‘jayev, ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Yig'ilishda asosiy e'tibor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 martdagi PQ-110-son qarori ijrosi, voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga oid chora-tadbirlar va maktablarda o'quvchilarning dars jarayonlariga qatnashi holatiga qaratildi. Shuningdek, maktablardagi axborot va ta'lim muhiti, o'qituvchilarning roli, ijtimoiy masala va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan qadamlar hamda jamoatchilikning bularga oid faoliyati muhokama qilindi.
Yig'ilish davomida aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolar to'g'risida mas'ularga aniq yo'nalishlar bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilishi kerak bo'lgan yangi chora-tadbirlar belgilandi. Mas'ularga ushbu masalalar bo'yicha to'liq tushuntirishlar berilib, har bir topshiriq va vazifa yuklatildi.