31 Mart 2025 Yil 2053

Poytaxtimizda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Poytaxtimizda joylashgan ayrim savdo majmualarida Toshkent shahar IIBB, Milliy Gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan rejaga muvofiq navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari shahrimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek odamlar gavjum joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech