8 Aprel 2024 Yil 4077

Poytaxtda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish tadbirlari davom etmoqda

Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida qator tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

Kuni kecha Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qo‘shilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari o‘tkazilgan. Gumondor shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Xususan, joriy yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga aʼzo bo‘lishdan saqlaning va ularning yot g‘oyalarini targ‘ib qilmang. Farzandlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhlarga aʼzo bo‘layotganligini, qanday mazmundagi video va boshqa materiallarni ko‘rayotganligini doimo nazorat qilib boring.

Agar mahallangizda shu kabi yot g‘oyalar taʼsiriga tushgan yoki boshqa shubhali shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Unutmang, yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun barchamiz birdek masʼulmiz, befarq bo‘lmang!

Barcha yangiliklar

Text to speech