OAV vakillari Toshkent shahrida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatuvchi markaz faoliyati bilan tanishdi
Press-tur ishtirokchilari Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yetib kelishdi
OAV vakillarini markaz xodimlari kutib oldi va ularning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Xavfsiz oila” loyihasini taqdimot qilishdi
Taʼkidlanishicha, hozirda poytaxtimizda 1215 ta nosog‘lom muhitda yashovchi oilalar mavjud bo‘lib, ulardan 366 tasi spirtli ichimliklar isteʼmol qiluvchi, 52 nafari esa giyohvandlikka moyil ekani aniqlangan. Shuningdek, 420 ga yaqin oila ajrim yoqasiga kelib qolgan.
Loyiha doirasida shu kabi muammoli oilaning bolalari ularning ota-onalari bilan alohida ishlash tadbirlari boshlab yuborilgan. Jumladan 20 nafarga yaqin ana shunday oila bolalari markazga jalb etilgan.
Jurnalist va blogerlar markazda yaratilgan shart-sharoitlarni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqishdi. Tarbiyalanuvchilar bilan alohida suhbatlashgan holda, bu yerda tahsil olayotgan, kasb o‘rganayotgan hamda hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish imkoniga ega yoshlarning fikrlarini kamera xotirasiga muhrlab olishdi