7 Mart 2025 Yil 500

Muhtarama onaxonlar! Aziz opa-singillar! Ichki ishlarning fidoyi faxriy xodimalari!

Sizlarni o‘z nomim hamda Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi nomidan bahor bayrami – 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ertangi kunimiz tayanchi, ezgu orzu-niyatlarimizni amalga oshiruvchi Yangi O‘zbekistonning yosh avlodini barkamol insonlar qilib tarbiyalashda sizning o‘rningiz beqiyos. Shu bilan birga, biz bilan yelkama-yelka xizmat olib borishingiz, poytaxtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishdagi xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq. Biz o‘zlarining fidokorona mehnati, ilm-fan, davlat, jamoat ishlarida erishgan ulkan yutuqlari, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan ayollarimiz bilan faxrlanamiz. Ushbu yangilanish, uyg‘onish pallasida sizlarga yuksak hurmat va chuqur ehtiromimizni bildiramiz. Hayotimizning ko‘rki va fayzi, oilamiz tinchligi, mehr-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lmish Siz azizlarga uzoq umr, mustahkam va go‘zal sog‘liq, oilaviy tinchlik-totuvlik, farovonlik tilayman. Rizqu nasibalaringiz ziyoda, ayollik baxti va bahoriy kayfiyat hamisha hamrohingiz bo‘lsin.


Hurmat va ehtirom bilan
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, polkovnik R.Sultanxodjayev

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: