10 Avgust 2025 Yil 955

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Manfaatlar to‘qnashuvi – korrupsiya o‘chog‘i” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston milliy universiteti vakili Akmaljon Rahimjonov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlaridagi manfaatlar to‘qnashuvi deganda, xodimning shaxsiy manfaati uning xizmat vazifalarini obyektiv bajarishiga taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan va qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holat tushunilishini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. Shundan so‘ng “To‘maris izdoshlari” musobaqasida faol qatnashib, g‘oliblik va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimalarni taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Tadbir yakunida ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech