16 Fevral 2023 Yil 1660

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Ma'naviyat va ma'rifat darsi “Bobur – mohir sarkarda va xalqparvar podshoh” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat pedagogika universiteti vakili Dildora Askarova ma'ruza qildi. U o‘z ma'ruzasida, Zahriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi ekanligini, shuningdek uning asarlaridagi adabiy til soddalik, hammaboplik, ravon va qisqaligini, sodda tili o‘quvchiga asarlarini, boy ifodalari va kechinmalarini aniq o‘zlashtirishda yordam berishini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida Toshkent shahar IIBB “Nihol” guruhi tomonidan konsert dasturi tayyorlanib, unda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech