3 Mart 2026 Yil 685

Mahallalardagi holatni o‘rganish ishlari davom etmoqda

Respublikamiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish orqali jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida Sergeli tumanida joylashgan “Ittifoq” va “Nurhayot” mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur mahallalarga tashrif buyurgan tuman IIO FMB boshlig‘i B.Anvarov mutasaddilar, faollar, mahalla ahli bilan bevosita muloqotga kirishib, ularni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan muammolar, taklif va murojaatlarga eʼtibor qaratdi. Hududdagi mavjud holatni o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilandi. O‘rganishlar so‘ngida B.Anvarov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 16 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Yetti nafar shaxsning murojaati qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. Besh nafar murojaatchiga malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan fuqarolarning murojaatlariga qonunan baho berish bo‘yicha tegishli soha masʼullariga topshiriqlar berildi.

Tuman yoshlari o‘rtasida jinoyatchilikka barham berish, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar doirasini yana-da kengaytirish maqsadida tumanda faoliyat yuritayotgan 25 ta umumtaʼlim maktablari yuqori sinf o‘quchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda nafaqat maktab o‘quvchilari, balki maktablar maʼmuriyati, tuman IIO FMB Probatsiya hamda profilaktika xizmati ro‘yxatida turuvchi, shuningdek, maktab ichki ro‘yxatiga olingan 150 dan ortiq o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari qatnashdilar. B.Anvarov yig‘ilganlar eʼtiboriga o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklar haqida maʼlumotlar berib, yoshlarni qadriyatlarimizga yot g‘oyalardan asrash, kibermakondagi jinoyatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi turli-tuman soxta havolalardan asrash borasida muhim tavsiyalar berib o‘tdi.

Maʼruza so‘nggida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘zlarining namunali xulqi va o‘qishda yuqori ko‘rsatkichga erishib kelayottgan bir guruh o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Jumladan: 266-maktabning 8- “v” sinf o‘quvchisi Sardor Saʼdiyev, 284-maktabning 7-“g” sinf o‘quvchisi Iroda Abduaxatova, 317-maktabning 9 “a” sinf o‘quvchisi Shoumar Shomuxiddinov, 6-maktabning 9-“g” sinf o‘quvchisi Muhammadali G‘ulomov, 300-maktabning 10-“j” sinf o‘quvchilari Azimjon Amangeldiyev, Asal Kenishovalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech