18 Fevral 2026 Yil 431

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘lida

Yurtimiz rahbarining respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida, “Ajrim yoqasidagi oila” va “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik” mavzulariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa va sanʼat institutida o‘tkazilib, unda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlr bo‘limi boshlig‘i Sh.Shakirova, tuman IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori F.Djumanazarova hamda mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari qatnashdilar. Yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqqanlar, hozirgi kunda ajrim yoqasida turgan oilalar, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqlarga barham berish yuzasidan amalga oshirilayotgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar haqidagi fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar eʼtiboriga “Oilaviy maishiy zo‘ravonlik holatlariga chek qo‘yish” mavzusiga bag‘ishlanib tayyorlangan videoroliklar namoyish etilib, mavzuga aloqador eslatma hamda flayerlar tarqatildi. Bu kabi targ‘ibot ishlari oilalarni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasi, oila aʼzolari o‘rtasidagi qadrdonlik rishtalari, o‘zaro hurmat va ehtiromning kuchayishiga, oilada totuvlik, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech