18 May 2024 Yil 1830

Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukm o‘qildi

Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat sodir etgan bir guruh shaxslar ushlanganligi haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB tomonidan qo‘zg‘atilib tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

1.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 24 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra 1985 yilda tug‘ilgan Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan o‘n ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

2.   Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining 14 may kunidagi hukmiga ko‘ra,  1990 yilda tug‘ilgan Amonov Olimjon Shuxratovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 


Barcha yangiliklar

Text to speech