Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlanib, jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipi taʼminlangan. Toshkent shahar IIBB tomonidan qo‘zg‘atilib tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra,
1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining 15 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug‘ilgan Muxamedjanov Azlarxon Botirovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 6 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Xolmuradov Sunnatulla Chariyevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan aybli deb topilib, yetti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
3. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining 8 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan O‘rinov Umidjon Baxtiyor o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari, 223-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, olti yil o‘n bir oy yigirma sakkiz kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.