12 Mart 2025 Yil 230

Ishonchni oqlash kerak

Adashish insonga xos. O‘z xatosini anglab, to‘g‘ri yo‘lni tanlaganlarga ko‘mak berish, qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatimizning to‘laqonli fuqarosiga aylantirish borasida mehr-muruvvat ko‘rsatish insoniylik namunalaridan biridir. Kuni kecha Bektemir tumani hokimiyatida tuman Probatsiya hisobida turuvchi 25 nafar nazorat ostidagi shaxslarning murojaatlari tuman prokurori, IIO FMB boshlig‘i, hokimlik vakillari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida o‘rganib chiqildi. Halol mehnat qilish xohishini bildirgan uch nafar fuqaroga ish o‘rinlari taklif etilib, tanlagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbirkorlik bilan mashg‘ul bo‘lish niyatida mas’ullar hamkorligida tayyorlangan biznes loyihalarini taqdim etgan ikki nafar shaxslarga ijtimoiy ko‘maklashish bo‘yicha “Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” da ko‘zda tutilgan moddiy mablag‘ ajratilishiga erishildi. Besh nafari o‘z murojaatlari bo‘yicha berilgan ijtimoiy va huquqiy maslahatlar va tavsiyalardan qoniqish hosil qildilar. Ma’lum sabablarga ko‘ra haydovchilik guvohnomasini yo‘qotgan bir nafar shaxsning murojaati o‘rganib chiqilib, haydovchilik guvohnomasini tiklash va olish bo‘yicha amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatildi. Jazodan shartli ravishda ozod qilish bo‘yicha ikki nafar mahkumning murojaati o‘rganildi. Ularning oilaviy sharoitlari, xulq-atvorining ijobiy tomonga o‘zgarganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan shartli ravishda ozod etildi. Avval jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tash davrida o‘z xatolarini anglab, halol mehnat qilish, oilasi bag‘rida yashash, farzandlarini tarbiyalash, jamiyatga foyda keltirish istagida bo‘lgan mahkumlarning ezgu maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash jamiyatimiz, millatimizga xos fazilat. Buning uchun mas’ullar hamisha kamarbasta. Faqat bunday imkoniyatning qadriga yetish, ishonchni suiiste’mol qilmaslik kerak xolos.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: