4 Avgust 2023 Yil 4097

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda joylashgan to‘lov kompaniyalardan biriga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kirgani va kompaniyaning bir nechta xodimlarini hibsga olganligi haqidagi xabarlar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida fuqarolarning plastik kartalaridan 12 milliard so‘m miqdoridagi pullarning o‘g‘irlanganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Jinoyatni to‘liq fosh qilish va jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipini taʼminlash, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplatish choralarini ko‘rish maqsadida bir qator tergov-tezkor harakatlar olib borilmoqda. Tergov jarayonida plastik kartalardagi pullar turli to‘lov tizimlari orqali xorijiy davlatlarga chiqib ketganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi doirasida poytaxtdagi to‘lov tizimi kompaniyalaridan birida tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida hech kim hibsga olinmagan, kompaniya masʼul xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish olingan.

Jinoyat ishi yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: