3 Mart 2024 Yil 1757

IIO xodimlarining saʼy-harakati bilan giyohvandlik vositalari tarqalishining oldi olindi

Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligidagi giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar davom etmoqda. Jumladan,

Joriy yilning joriy yilning 24 fevral kuni Mirobod tumanida o‘zini shubhali tutgan 1991 yilda tug‘ilgan Korniyenko Georgiy Valeryevich to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 21 dona o‘ramdagi “gashish” va “Mefedron” giyohvandlik vositalari boriligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, 28 fevral kuni taxminan soat 22.20 larda Yangihayot tumanida o‘zini shubhali tutgan 2001 yilda tug‘ilgan Ilyosov Samandar Rustam o‘g‘li va 2001 yilda tug‘ilgan Baxtiyorov Jamshidbek Sherzod o‘g‘li to‘xtatib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 2 dona o‘ramda bo‘lgan “mefedron” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Shuningdek, tekshiruv jarayonida ushbu fuqarolar yana bir nechta joyda giyohvandlik vositalarini yashirishganligini maʼlum qilishgan va xolislar ishtirokida jami 18 dona yashirilgan giyohvandilk vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarning noqonuniy giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganligi, giyohvandlik vositalarini yashirganligi yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech