16 Oktyabr 2024 Yil 2550

Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Internet tarmog‘ida firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olmoqda

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas'ul xodimlari nomidan sohta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda. 

Bu qanday sodir bo‘ladi?! Firibgarlar korxona yoki tashklot rahbari nomidan telegram messenjerida sohta akkaunt ochib qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan guyoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba'zi ma'lumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma'lum qiladi. 

Firibgarning, ya'ni “o‘z rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha ma'lumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqdalar. 

Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib ko‘ring!

Hurmatli fuqarolar agar Siz shu kabi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech