27 Fevral 2026 Yil 425

Ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat va xalqchil tizimni shakllantirish — ustuvor vazifa

Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Toshkent shahar Qo‘riqlash xizmati bo‘yicha bo‘linmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati hamda uning tuman IIO FMB huzuridagi qo‘riqlash xizmati xodimlari ishtirokida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tizimga aylantirish va tizim nufuzini oshirish har bir xodimning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim” mavzusida tashkil etildi. Tadbir davomida ichki ishlar organlari faoliyatida kasbiy madaniyat, xizmat intizomi va xodimlarning mas’uliyati masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar tomonidan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksi”da belgilangan qoida va talablarni barcha xodimlar chuqur bilishi hamda ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir xodimdan yuksak kasbiy madaniyat, chuqur huquqiy va ma’rifiy bilim, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va qonuniylikka qat’iy rioya etish talab etilishi alohida qayd etildi.

Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va profilaktik yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ichki ishlar organlari tizimini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholining chinakam himoyachisiga aylantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bu borada xodimlarning shaxsiy mas’uliyati, xizmat burchiga sadoqati va fuqarolar ishonchini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Yakunda bunday profilaktik va tushuntirish tadbirlari ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomini mustahkamlash hamda faoliyat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech