24 May 2024 Yil 1767

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida

Toshkent shahar IIBB xodimlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlarni davom ettirmoqda. Jumladan, joriy yilning 6 may kuni Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 40 250 UAA avtomashinasi to‘xtatilgan. Mazkur avtomashina yo‘lovchisi 34 yoshli Jasur X. xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonidan 84,13 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech