3 Avgust 2024 Yil 1610

Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof tarzda saqlash bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 26 iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMBga tungi soat birlarda ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida shovqin-suron bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga IIB xodimlari yetib kelganida, xonadonda 28 yoshli Maftuna A. va 27 yoshli Suqrotbek M. borligi aniqlangan. Xodimlarni ko‘rib, ular o‘zini shubhali tutib, savollarga tushunarsiz javob berishgan. Xolislar ishtirokida xonadon tekshirilganida, yotoqxonadagi shkafdan Suqrotga tegishli jami og‘irligi 59,92 gr “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlangan. Ushbu giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 


Barcha yangiliklar

Text to speech