23 Sentyabr 2024 Yil 916

Giyohvandlik zalolatga eltuvchi yo‘l

2024-yilning 20-sentyabr kunidan 20-oktyabr kuniga qadar Toshkent shahrida "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish" oyligi doirasida Toshkent davlat texnika universitetida profilaktik targ'ibot tadbir o'tkazildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti profilaktika katta inspektorlari tashabbusiga asosan universitet talaba-yoshlari bilan "Giyohvandlik zalolatga eltuvchi yo‘l" mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o'tkazildi.

Ushbu davra suhbatini tashkillashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarda giyohvandlik va psixotrop moddalar muomalasiga qarshi immunitetni shakllantirib, ularning huquqiy madaniyatini oshirish bo'lib hisoblanadi.

Davra suhbati davomida soha mutaxasislari tomonidan talaba-yoshlar uchun mavzu yuzasidan kerakli bo'lgan tushunchalar hamda tavsiyalar berib, targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Qolaversa talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxasislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech