Firibgarlik va tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBga murojaat qiling
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”), 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 1993 yilda tug‘ilgan Abdumalikov Toxirjon Abdugappor o‘g‘li jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
O‘tkazilgan tergov harakatari davomida aniqlanishicha, ushbu shaxs fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo‘lgan turar-joy va transport vositalarini garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Fuqarolar belgilangan muddatda qarz va foizlarini bermagan taqdirda uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va transport vositasini tortib olish bilan shug‘ullanib kelgan. Vaholanki, garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3-4 barobar ko‘p bo‘lgan.
Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.