Firibgarlik va bezorilik sodir etgan shaxslarga jazo tayinlandi
Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jinoyat sodir etgan shaxslar ushlanib, javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra,
1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug‘ilgan Sabirdjanov Xasan Abdusamatovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, to‘rt yil to‘qqiz oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining 30 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug‘ilgan Sabirdjanov Xusan Abdusamatovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, to‘rt yil o‘n oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
3. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudining 3 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1977 yilda tug‘ilgan Urazov Marat Pulatovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilgan. Yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganligi inobatga olinib, ish haqining 25% davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil to‘qqiz oy yigirma yetti kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.