4 Noyabr 2023 Yil 6709

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!

Joriy yilning 8, 9 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning 16-sammitiga mezbonlik qiladi. Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 8 noyabrdan 10 noyabrgacha Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi. Jumladan,

1.     Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;

2.      Nukus - Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;

3.     Oybek - Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;

      4. Islom Karimov - Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab  Amir Temur – Islom Karimov chorrahasigacha;

      5. Sharof Rashidov - Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;               

      6. Navoiy - Mustaqillik chorrahasidan Navoiy – Labzak chorrahasigacha;

      7. Furqat – Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov – Beshyog‘och chorrahasigacha;

      8. Olmazor – Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.  

Eslatib o‘tamiz, harakatlanish cheklangan ko‘chalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Hurmatli haydovchilar, shu kunlardan yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Sizlardan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Barcha yangiliklar

Text to speech