19 Fevral 2025 Yil 2388

Chilonzor tumanida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi

Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-fevral oylarida, noma'lum shaxs yirik savdo majmuasi omboridan, 2001 yilda tug‘ilgan S.U. ga tegishli 55.000.000 so‘mlik 275 juft ayollar poyabzalini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 1990 yilda tug‘ilgan N.O. aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Barcha yangiliklar

Text to speech