Bezorilik sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 19.30 larda 1984 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Xurshid Abdulxayevich Axmedov (muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan sudlangan) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Shayxontohur tumaniga gul do‘konlardan birida gul sotuvchisi 2003 yilda tug‘ilgan X.T. bilan o‘zaro janjallashgan. Shu yerda bo‘lgan 2003 yilda tug‘ilgan A.T. va 2002 yilda tug‘ilgan T.I.lar uni tinchlantirib, janjalni oldini olishga uringan. Biroq X.Axmedov bezorilik harakatini davom ettirib, ularni urib tan jarohati yetkazgan.
Birlamchi tibbiy maʼlumotga ko‘ra jabrlanuvchilarga yengil tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “G” bandi (“Bezorilik harakatini oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yaqin oradagi IIBga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz.