2 Avgust 2024 Yil 1749

Beparvolikdan foydalanib...

Joriy yilning 29 iyul kuni Sergeli tumani IIO FMB  navbatchilik qismiga avtomashina olib qochilgani haqida xabar kelib tushdi. 28 yoshli Matiz avtomashinasi egasi S.Suhrob  avtomashina eshiklarini qulflamay, ustiga-ustak kalitni  o‘t oldirgichda qoldirib ketishi oqibatida, nomaʼlum kimsa uning mashinasini olib qochganligi maʼlum bo‘ldi.  Mazkur holat bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  267-moddasi 1-qismi (“Transport vositasini olib qochish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyat uchun besh yildan o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 39 yoshli K.Habibulla aniqlanib, ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Avtomashinalaringiz eshiklari, oynalarini ochiq, kalitlarni o‘t oldirgichda qoldirmang! Ehtiyot choralarini ko‘ring va ogoh bo‘ling!


Barcha yangiliklar

Text to speech