14 Fevral 2023 Yil 481

Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasidagi ishlar davom etmoqda

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish davlatimizning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib, jamiyatimizning asosiy tayanchi bo’lgan sog‘lom va barkamol yosh avlodni voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri xisoblanadi. Shu maqsadda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan yoshlar bilan muntazam profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bir qator oliy ta’lim muassasalarida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sotish holatlari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o’tkazildi. Uchrashuvlarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIOFMB xodimlari tomonidan o‘quvchilarga giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi moddalar yoshlar salomatligi va kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, “Sharq” YPX postida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari va tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tushuntirish jarayonida haydovchilarga noqonuniy giyohvandlik vositalari, psixotrop vositalar va kuchli taʼsir etuvchi moddalarni tashish, saqlash uchun javobgarlik borligi eslatildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech