19 Fevral 2023 Yil 2681

Yolg‘on xabarlarga ishonmang

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar ostida bir nechta ayollarning fotosurati va shaxsiy ma'lumotlari joylashtirilgan bo‘lib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Hurmatli fuqarolar, bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasligingizni va aholi orasida sun'iy ravishda shov-shuv ko‘tarmasligingizni so‘raymiz.
Unutmang, yolg‘on axborot tarqatish, shuningdek shaxsning roziligisiz shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatgan shaxslarni aniqlash yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: