16 Iyun 2023 Yil 1446

Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot

Joriy yilning 16 iyun kuni soat 08.10 larda Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida 1984 yilda tug‘ilgan N.S. davlat raqami belgisi 10 Z 746 QA bo‘lgan "Spark" rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo'lagidan kesib o'tayotgan 1995 yilda tug'ilgan A.T.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda A.T. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini soʼraymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech