11 May 2023 Yil 2467

Yangihayot tumanida ro‘y bergan YTH haqida ma'lumot

Joriy yilning 11 may kuni  soat 07:30 larda Yangihayot tumani Toshkent aylanma yo'lining 4P21 yo'lida 2000 yilda tug'ilgan  A.A. davlat raqam belgisi 10 B 190 OA bo‘lgan Nexia 2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo'qotib beton sim yog'ochga urilishi oqibatida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

Natijada Nexia 2 rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech