11 Avgust 2023 Yil 1786

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzilishi bilan bog‘liq ma'lumotlar

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan joriy yilning 1-10 avgust kunlari davomida jami 16 449 ta qoidabuzariklar aniqlangan bo‘lib, shundan 5 888 tasi qo‘pol qoidabuzariklardir. Jumladan:

– Transport vositalarini mast holda boshqarish 91 ta;
– Transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish 714 ta;
– Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi 379 ta;
– Svetofor talablariga rioya qilmaslik 213 ta;
– Odam tashish qoidasini buzish 511 ta;
– Quvib o‘tish qoidasini buzish 197 ta;
– Avariya holatini yuzaga keltirish 34 ta;
– IIOlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik 50 ta.

Shu bilan birga 3.599 nafar qoidabuzar piyodalarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur davr davomida 35 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, shundan 28 tasi piyodalar bilan bog‘liq.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB hamda YHXB xodimlari tomonidan 22 ta giyohvandlik vositalari, 198 ta sovuq qurol va 3 ta pnevmatik qurol bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilgan.

Poytaxtimizda bu borada ishlar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech