16 Fevral 2023 Yil 935

Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazidagi bolalar uchun “Ikki buyuk siymo” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk tarixiy shaxslarning hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Tadbirda markaz psixologlari, Yunusobod tumani madaniyat va xalq taʼlimi bo‘limi xodimlari, tuman “Barkamol avlod” maktabi vakillari, ota-onalar hamda shoir Bobur Bobomurod ishtirok etdi. Mutaxassislar markaz tarbiyalanuvchilari bilan Alisher Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdilar. Shuningdek, “Xamsa” asaridan parchalar o‘qilib, bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbir davomida, bolalar shoir Bobur Bobomurod bilan uchrashib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech