6 Iyun 2023 Yil 1102

Va’dasini bajarmagan fuqaro javobgarlikka tortildi

Sergeli tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida ulgurji savdo bozorida 34 yoshli Jahongir M. 29 yoshli Shoabbosxon K.ga Farg'ona viloyatiga haydovchi orqali 170 quti banan yuborishni va’da qilgan. Buning uchun Jahongir M. 7420 AQSh dollarini olgan, biroq va’dasini bajarmagan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech